Nextin SMSservice

SMS kalkulyator

Matnni yozing — SMS nechta qismdan iborat bo'lishini va rassilka qancha turishini darhol ko'rasiz. Hisob Nextin SMS platformasidagi hisob bilan bir xil.

Namunalar:
Belgilar
137
SMS qismlari
3
Qismda qolgan belgi
64
Kodlash
Unicode (UCS-2)

Bu belgilar xabarni qimmatlashtiryapti

Quyidagi belgilar tufayli butun matn Unicode'ga o'tdi va bitta SMS'ga 160 emas, atigi 70 belgi sig'yapti:

—ʻ

1 ta xabar narxi

1 350 so'm

3 × 450 so'm

Rassilka narxi

1 350 000 so'm

Arzonroq variant bor

Maxsus belgilar oddiy belgilarga almashtirildi (ma'no o'zgarmaydi):

Hurmatli mijoz! Buyurtmangiz qabul qilindi. Yetkazib berish muddati - 2 kun. To'lovni kuryerga naqd yoki karta orqali qilishingiz mumkin.

3 → 1 SMS · 1 350 → 450 so'm

Tejaysiz: 900 000 so'm

SMS uzunligi qanday hisoblanadi

  • 1

    Faqat lotin harflari, raqamlar va oddiy belgilar bo'lsa, bitta SMS 160 belgigacha. Uzun xabarda har qism 153 belgi.

  • 2

    Matnda bitta kirill harfi yoki maxsus belgi (ʻ « » — … va emoji) bo'lsa, butun xabar Unicode'da yuboriladi: bitta SMS 70 belgi, har qism 67 belgi.

  • 3

    ^ { } [ ] ~ | € belgilari lotin SMS'da 2 belgi o'rnini egallaydi.

  • 4

    Narx qismlar soniga qarab hisoblanadi: 1 qism — 450 so'm, 2 qism — 900 so'm va hokazo.

Lotin (GSM)160 belgihar qismi 153 belgi
Kirill (Unicode)70 belgihar qismi 67 belgi
Savol-javob

Ko'p beriladigan savollar

Nega oʻ (ʻ) bilan yozilgan matn qimmatroq?

O'zbek lotin alifbosidagi ʻ (o‘, g‘) belgisi standart SMS jadvalida yo'q. Shu bitta belgi tufayli butun xabar Unicode'ga o'tadi va SMS sig'imi 160 dan 70 belgiga tushadi. Oddiy apostrof (') ishlatsangiz, matn arzonroq bo'ladi.

Kirill yoki lotin — qaysi biri arzon?

Lotin. Bir xil matn lotinda kirillga qaraganda deyarli ikki baravar kam SMS qismi oladi. Masalan, 186 belgilik xabar lotinda 2 SMS, kirillda 3 SMS bo'ladi.

Kalkulyator natijasi haqiqiy hisobga mos keladimi?

Ha. Kalkulyator Nextin SMS platformasidagi hisob-kitob bilan aynan bir xil qoidalar asosida ishlaydi — operatorlar ham SMS'ni shu qismlar bo'yicha hisoblaydi.

25 ta SMS — bepul demo

Bugunoq birinchi SMS rassilkangizni yuboring

Arizani qoldiring — menejerimiz siz bilan bog'lanadi va demo akkaunt ochib beradi.

25 ta SMS'ni bepul sinab ko'ring

Arizani qoldiring — menejerimiz siz bilan bog'lanadi va demo akkaunt ochib beradi.

Ariza yuborish orqali siz bilan bog'lanishimizga rozilik bildirasiz.